Ukraina Oliy Radasi “Ukraina hududiga boshqa davlatlarning qurolli kuchlari bo‘linmalarini kiritish tartibi va mamlakatda bo‘lib turish shartlari to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartishlar kiritdi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Qonunga “Ukraina so‘roviga ko‘ra BMT va/yoki Yevropa Ittifoqi qarori asosida mamlakat hududida tinchlik va xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xalqaro operatsiya o‘tkazish ko‘rinishida yordam taqdim etish” me’yori qo‘shilgan.
Aniqlik kiritilishicha, Ukraina hududida xalqaro operatsiya o‘tkazish uchun kerakli sharoitlarni yaratish “Donetsk va Lugansk viloyatlarida vaziyatni normallashtirish, huquq-tartibotni, aholining hayot faoliyati, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini tiklashni ta’minlash” uchun amalga oshiriladi.
Izoh (0)