AQShning Shimoliy Karolina shtatida joylashgan Apple korporatsiyasining ma’lumotlar markazida kimyoviy moddalar chiqib ketgach besh kishi shifoxonaga yotqizildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“Kutilmaganda kimyoviy modda chiqib ketdi. Besh kishi tibbiyot markaziga jo‘natildi”, — dedi Katoba okrugi vakili.
Qayd etilishicha, tarqalgan modda xlor bo‘lgan. Bosh og‘rig‘idan shikoyat qilgan xodimlar shifoxonaga olib borilgan. Xlor sovutish tizimini tozalash uchun ishlatilgani taxmin qilingan.
Izoh (0)