“O‘zbekkino” Milliy agentligi Toshkent shahar bo‘limi tomonidan 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bolalar uchun yaratilgan milliy badiiy va multiplikatsion filmlarning bepul namoyishlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda agentlik saytida ma’lum qilingan.
Jumladan, “Kinochilar uyi”, “Vatan” kinoteatrlarida “Bolalik sinovlari”, “Shunqorlar” kabi badiiy filmlar, Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyi, “G‘uncha”, Asia Cinema, Mega Cinema va Grand Cinema kinoteatrlarida esa multfilmlar to‘plamlari namoyish etilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, namoyishlar 3-iyunga qadar har kuni soat 11:00 da bo‘lib o‘tadi. Mega Cinema va Grand Cinema kinoteatrlaridagi namoyishlar guruh bo‘lib kelgan tomoshabinlarning murojaatlari asosida tashkil etiladi.
Izoh (0)