Turkmanistonning yangilangan Konstitutsiyasi loyihasiga Prezident vakolat muddatini besh yildan yetti yilga uzaytirish to‘g‘risidagi band qo‘shilishi taklif qilindi, deb xabar bermoqda “Nur.kz”.
Ushbu masala mamlakat asosiy qonunini takomillashtirish bo‘yicha Konstitutsiyaviy komissiyaning Turkmaniston parlamenti (Mejlis) raisi Aqja Nurberdiyeva ishtirokidagi yig‘ilishida muhokama qilingan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yangilik Konstitutsiyaga “takliflar asosida, yangi tarixiy davr realliklarini va ilg‘or jahon tajribasini inobatga olib, shuningdek yirik uzoq muddatli dasturlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida” kiritilishi mumkin.
Izoh (0)