O‘zbekistonlik iste’dodli tennischi Sabina Sharipova Xitoyning Vuxan shahrida davom etayotgan turnirning chorak finaliga chiqdi, deb xabar bermoqda “Olamsport”. Mukofot jamg‘armasi 50 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi musobaqada hamyurtimiz to‘rtinchi raqam ostida tasniflangan.
O‘zbekistonning uchinchi raqamli tennischisi ikkinchi davrada mezbon tennischi Kiyu Yu Yeni 6:2, 6:1 hisobida mag‘lub etdi. Sharipova birinchi davrada asosiy to‘rga saralash orqalib yetib kelgan xitoylik Di Jaoni ikki setda ham bir xil 6:4 hisobida taslim etgan edi.
Endi chorak finalda Sabina Sharipova gonkonglik Ling Jang bilan hisob-kitob qiladi. Jang turnirda oltinchi raqam ostida harakat qilyapti. U ikkinchi bosqichda yaponiyalik Kyooka Okamuradan 7:6, 7:5 hisobida ustun keldi.
Izoh (0)