2016-yilning birinchi yanvaridan kechikmay butun mamlakat bo‘ylab tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatuvchi “yagona oyna” xizmatlarining markazlashtirilgan tizimi faoliyat olib boradi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Today.
Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmati ko‘rsatishga qaratilgan yagona markazlar shahar va tuman hokimliklari qoshidagi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatga olish inspeksiyalari negizida tashkil etiladi. Tegishli vazirliklar 2015-yilning 1-iyuligacha turli muassasalar qoshidagi “yagona oyna”lar ko‘rsatayotgan davlat xizmatlarini to‘la inventarizatsiyadan o‘tkazadilar va ularni keyinchalik yangi markazlar xizmatlari tizimiga integratsiyalashuvini ta’minlaydilar, shuningdek, davlat xizmatlari ko‘rsatilishi, shu jumladan litsenziya olish va ruxsat berish jarayonlari uchun taqdim etiladigan hujjatlar va ta’sis hujjatlarining umumiy shaklini ishlab chiqadilar.
Shu o‘rinda respublikada boshqa davlat va xo‘jalik boshqarmalari tomonidan bevosita tadbirkorlik subyektlaridan ularga “yagona oyna” markazlari ko‘rsatadigan davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun hujjatlar qabul qilishga taqiq joriy etiladi.
Markazlar tadbirkorlik subyektlari davlat ro‘yxatidan o‘tayotganda to‘laydigan boj hisobidan moliyalashtiriladi. Biroq bu mablag‘larning barchasi markazlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va xodimlarni rag‘batlantirishga yo‘naltirilishi lozim bo‘ladi.
Izoh (0)