O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi diktori Rahmatilla Mirzayev 2015-yil 2-mart kuni o‘z uyida o‘ldirib ketilishi bo‘yicha ish yakuniga yaqinlashmoqda, deb yozadi “12news.uz”.
O‘zbekiston Bosh prokuraturasining o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi boshlig‘i A. Nazarovning “Darakchi” gazetasiga ma’lum qilishicha, Toshkent viloyati prokuraturasi 2-mart kuni ushbu fakt yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi ikkinchi qismi “j” bandiga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Hozirda tergov harakatlari o‘z yakuniga yaqinlashmoqda.
Avvalroq, Toshkent viloyati ichki ishlar va prokuratura organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor surishtiruv chora-tadbirlari chog‘ida ushbu qotillik issiq izida fosh etilib, bu bo‘yicha Zangiota tumani Chuvalachi qishlog‘ida yashovchi 21 yoshli yigit qo‘lga olingani xabar qilingan.
Izoh (0)