BMT bosh kotibi Pan Gi Mun 9-may kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvida Suriyadagi mojaroni hal qilish masalasini muhokama qilishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Men birinchi navbatda Putin bilan Rossiya BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zosi sifatida Suriyadagi mojaroni hal qilishga ko‘mak berishi mumkinligini muhokama qilishga umid qilaman”, − dedi Pan Gi Mun.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Putin bilan uchrashuvi chog‘ida juda ko‘p masalalarni, jumladan Ukrainadagi mojaroni muhokama qiladi. BMT bosh kotibi Rossiya prezidentidan ushbu muammoni hal qilishda faollashishni so‘ramoqchiligini ta’kidlagan.
Izoh (0)