Surxon qizi bo‘lgan Hosila Rahimova aksariyat kliplariga katta miqdorda mablag‘ sarflashining sababini ma’lum qildi, deb xabar beradi 7x7 gazetasi.
“Milliy qo‘shiq, folklor, tarixni ko‘rsatib bermoqchi bo‘lsangiz, qaysidir qirralarni ochish, qandaydir jihatlarni yoritish uchun o‘sha zamonga qaytishga to‘g‘ri keladi, – dedi xonanda. – U zamonga qaytish esa libos, dekoratsiyalar va yaxshigina mablag‘ talab qiladi. G‘oyaning o‘zi ham shunga borib taqalishi mumkin. Kliplarimga katta mablag‘ sarflanishiga yana bir sabab sifatli narsa qimmat bo‘ladi. Axir ‘Arzonning sho‘rvasi tatimas’, deydilar.
Mayli, qimmat bo‘lsa-da, ko‘p harajat ketsa ham klip sifatli bo‘lsin. Muxlislarga yoqsin, ma’naviy ozuqa berolsin. Muxlislarni o‘sha davrga, men ko‘rsatib bermoqchi bo‘lgan zamonga olib bora olsin. Shundagina o‘z maqsadimga erishgan bo‘laman”.
Izoh (0)