Germaniya shimoliga 5-may oqshomida bo‘ron shamollari va bu kengliklar uchun noodatiy bo‘lgan quyun yopirildi, deya xabar bermoqda TJ.
Tabiiy ofat natijasida 30ga yaqin kishi turli darajada tan jarohati olgan, Gamburgda istiqomat qiluvchi bir kishi esa shamol uchirib ketgan tom parchalari ostida halok bo‘lgan.
Bo‘ron uncha katta bo‘lgan Byuttsov shahrida ayniqsa og‘ir iz qoldirdi. Bu yerda quyun daraxtlarni tomiri bilan qo‘porgan, o‘nlab mashinalarni ag‘darib tashlagan va bir necha binoni vayron etib, ko‘chalarni tomlardan uchib tushgan cherepitsalarga to‘ldirgan.
https://youtu.be/Rwb7QonA38s
Mutaxassislar noqulay ob-havo sharoiti yetkazgan zararni hisoblashga kirishgan. Sinoptiklar esa yaqin bir necha kunda yana shunday holat takrorlanishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
https://twitter.com/_Liebke_/status/595897994907676672
https://twitter.com/PolakPavel/status/595889699211890688
https://twitter.com/WeatherEuropa/status/595665722245808129
https://twitter.com/PolReporter/status/595665339343577088
https://twitter.com/welt/status/595841445556281344
Izoh (0)