Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

47 yoshli avstraliyalik syorfer Bryus Lukas o‘ziga hujum qilgan akuladan mushti yordamida qutulib qoldi, deya xabar bermoqda TJournal.

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Hodisa 3-may kuni Avstraliyaning sharqiy sohilidagi Tari plyajida sodir bo‘ldi. Lukas qirg‘oqdan 60 metr naridagi loyqa suvda bo‘lgan va akula yaqinlashganini sezmay qolgan.

Yirtqich Lukasni chap bilagidan tishlab olgan. Biroq syorfer o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi va bo‘sh turgan o‘ng qo‘li bilan bir necha marta zarba berdi, shunda akula uning qo‘lini qo‘yib yubordi.

Jabrlanuvchi qirg‘oqqacha o‘zi yetib borgan, so‘ng unga boshqa syorferlar yordamga kelgan. Kasalxonada Lukasning jarohatiga 30 ta chok tushgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi