9-maydan boshlab shanba va yakshanba kunlari Toshkent—Samarqand—Toshkent yo‘nalishida harakatlanuvchi “Afrosiyob” tezyurar poyezdining 764/763 raqamli yangi reysi yo‘lga qo‘yiladi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Shu tariqa, dam olish kunlari “Afrosiyob” tezyurar poyezdi uchtadan reys amalga oshira boshlaydi.
Yangi reys Samarqanddan soat 10:40 da chiqib, Toshkentga soat 12:50 da yetib kelsa, Toshkentdan 13:50 da chiqib, Samarqandaga soat 15:58 da yetib boradi.
Izoh (0)