Buxoro shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro ichki ishlar idorasiga ariza bilan murojaat qildi, deb xabar bermoqda “Postda” nashri.
Ma’lum bo‘lishicha, uning xonadonidan noma’lum shaxslar tomonidan olti million so‘m pul va muzlatgich o‘g‘irlab ketilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni jabrlanuvchining ayol qarindoshi tanishi bilan birgalikda sodir etgani aniqlandi.
Izoh (0)