Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xonanda Dilso‘z ikki yil avval vodiyga xizmat yuzasidan borganida sodir bo‘lgan voqea xotiralari bilan bo‘lishdi, deb xabar beradi “7x7” gazetasi.

Dilso‘z. Foto: sayyod.com

Dilso‘z. Foto: sayyod.com

“Bu voqeani har gal eslaganimda o‘zimni kulgidan to‘xtata olmayman. Xullas, ijodiy guruh bilan to‘yxonaga kirib bordik. To‘y avjida ekan. Shu payt tashqaridan bir yigit shoshib kirdi-da, navbatchi san’atkorlarga ‘Ikkita qo‘shiq aytamiz-u ketamiz’, – dedi.

Rosti, bu kelishuvdan biroz achchiqlandik. Qo‘shiqni eshitgach esa xunobimiz ikki hissa oshdi. Haligi xonanda qiz endigina radiokanallarda yangrayotgan ‘Begim’ taronasini ijro etsa, deng?! To‘g‘rirog‘i, ijromga shunchaki og‘iz qimirlatib turibdi! ‘Tavba, shunaqasi ham bo‘lar ekan-da!’ deb yoqa ushlagandik”.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank