Checheniston rahbari Ramzan Qodirov “Govorit Moskva” radiosiga bergan intervyusida siyosatchi Boris Nemsovning o‘ldirilishi ishi yuzasidan ko‘rsatma berishga tayyorligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
“Bajonidil ko‘rsatma berishga tayyorman. Qanaqa muammo? Buning ustiga bolalari talab qilayotgan bo‘lsa. Agar Zaur Dadayevning aybdorligi isbotlansa, u sud tayinlagan muddatni qamoqda o‘tkazishi kerak. Inson jinoyat qilsa, buning uchun javobgarlikni olishi kerak”, — dedi Qodirov.
Shuningdek, u Nemsovning advokatlari o‘zidan qanday savollarni so‘ramoqchiligiga qiziqayotganini ma’lum qilgan. Avvalroq Nemsovning advokatlari Rossiya tergov qo‘mitasidan qotillikni tashkillashtirishga aloqadorlik bo‘yicha Ramzan Qodirovdan ham ko‘rsatma olishni so‘ragan edi.
Izoh (0)