2015-yilning 30-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi idoralari tomonidan, Toshkent viloyati, Parkent tumani hududida joylashgan ta’lim muassasalari ma’muriyati nomiga tahdidli mazmundagi ma’lumotlarni tarqatganlikda gumonlanib mazkur tumanda yashovchi voyaga yetmagan fuqaro ushlangan, deb xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)