Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning yangi tahririni tasdiqladi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Foto: Norma.uz

Foto: Norma.uz
Eski yo‘riqnomadan farqli ravishda, yangi hujjatda mehnatga layoqatsizlik varaqasi va mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasiga nisbatan aniq ta’rif berilgan.

Unga ko‘ra, mehnatga layoqatsizlik varaqasi shaxsni ishdan ozod qilish, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi yoki homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lash uchun asos bo‘ladigan hamda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bilan kechadigan kasallanishning hisobi yuritiladigan hujjat hisoblanadi. Bu bilan fuqarolarning kasalligi, shikastlanganligi, homiladorligi, tuqqanligi, oilaning betob a’zosini parvarishlaganligi, protez qo‘ydirganligi, sanatoriy-kurortda davolanganligi, shuningdek sog‘lig‘i holatiga ko‘ra boshqa ishga o‘tkazish uchun va karantin tufayli mehnatga vaqtincha layoqatsizligini ekspertiza qilish natijalariga ko‘ra aniqlangan mehnatga vaqtincha layoqatsizligi tasdiqlanadi.

Mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi shaxsni ishdan (o‘qishdan) ozod qilish uchun asos bo‘ladigan hamda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bilan kechadigan kasallanishning hisobi yuritiladigan hujjat hisoblanadi. Quyidagilar mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi bilan tasdiqlanadi:

  • o‘quvchi, talaba, magistrant, klinik ordinator va katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning o‘qishga vaqtincha layoqatsizligi;
  • alkogolga qaramlik natijasidagi kasalliklar va jarohatlar, shuningdek mastlik natijasida olingan jarohatlar;
  • xodimlarni davriy profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganligi;
  • harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni ambulatoriya yoki statsionar sharoitda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganligi;
  • kasallikning kelib chiqishi kasb bilan bog‘liqligini aniqlash yuzasidan tekshiruv o‘tkazilganligi;
  • ayblanuvchi yoki sudlanuvchining sud ajrimi bilan tibbiy muassasaga joylashtirilganligi;
  • ambulatoriya sharoitida o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolaning parvarishga muhtojlik davri o‘n to‘rt kalendar kundan oshganligi.
Yangi yo‘riqnomaga muvofiq, mehnatga layoqatsizlik varaqalari va mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomalari, qoida tariqasida, davlat sog‘liqni saqlash tizimi, shu jumladan, vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlariga qarashli davolash-profilaktika muassasalarining davolovchi shifokorlari tomonidan berilishi belgilab qo‘yilgan.

Sog‘liqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlariga tegishli davolash-profilaktika muassasalari mehnatga vaqtincha layoqatsizlikni ekspertiza qilish yoki tibbiy-mehnat ekspertizasi bo‘yicha yetarli malakali xodimga ega bo‘lgan taqdirda, mehnatga layoqatsizlik varaqalari va mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomalari berishga haqli. Ayni vaqtda, bunda sog‘liqni saqlashning xususiy tizimidagi davolash-profilaktika muassasasi statsionar sharoitda faoliyat yuritayotgan bo‘lishi zarur.

Quyidagi muassasalarning shifokorlari mehnatga layoqatsizlik varaqasi berishga haqli emas:

  • tez tibbiy yordam va qon bilan ishlash xizmati;
  • shifoxonalarning qabul bo‘limlari;
  • sud-tibbiy ekspertiza muassasalari;
  • pansionat va sanatoriy-kurortlar, sil kasalliklari sanatoriyalari bundan mustasno;
  • fizioterapiya, davolash fizkulturasi va sport tibbiyoti ixtisosliklari bo‘yicha tibbiy muassasalar.
Olis hududlardagi davolash profilaktika muassasalarida bitta davolovchi shifokor faoliyat ko‘rsatgan taqdirda, ushbu shifokor Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri, Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi va viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari boshliqlarining buyrug‘iga asosan bir oygacha bo‘lgan muddatga mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi berishi mumkin. Avvalgi yo‘riqnomada bunday tartib yo‘q edi.

Yo‘riqnomaning to‘liq ko‘rinishi bilan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi saytida tanishish mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova