Ulug‘bek Rahmatullayevning “Sog‘inib tonglar otguncha” nomli taronasiga ishlangan videoklip syujeti qozog‘istonlik ijodkorlar tomonidan xuddi shunday ko‘rinishda ko‘chirilib, boshqa xonanda ishtirokida klip tayyorlangani ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Popcorn.uz”.
Aslida bu holatga jahli chiqib, mualliflik huquqini talab qilishi kerak bo‘lgan Ulug‘bek Rahmatullayev bundan xabar topib mutlaqo qarshi emasligi, aksincha bu holatdan mamnun ekanini aytib o‘tdi.
https://youtu.be/6utOmK8NyyY
“Bizning ijodimizni qo‘shni davlatlarda ham tinglab, tomosha qilishlaridan, san’atimizga befarq bo‘lmaganlaridan juda xursandman”, − deydi ijodkorning o‘zi. Ulug‘bek, uning qo‘shiqlari va kliplariga havas qilgan qardosh xalqlar xonandalari ijodiga omad, tilab, kelusi ishlarida videomahsulotlarning sifatiga e’tiborli bo‘lishlarini istab qolishini qayd etdi.
Izoh (0)