Navoiy shahrida istiqomat qiluvchi shaxs tanish ayolning uyiga mehmonga keldi, deb xabar berdi “Postda” nashri.
Mehmondorchilik avjiga chiqqanidan kayfi oshib qolgan shaxs xonadon bekasi bilan janjallashib qoldi. U shisha va boshqa narsalar bilan mezbonni urib, unga jarohat yetkazdi. Ayol shifoxonaga olib borilganida, o‘ziga kelmay hayotdan ko‘z yumdi.
Zo‘ravon mehmon ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)