Rossiyalik xakerlar AQSh prezidenti Barak Obamaning internetdagi yozishmalarini o‘qishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda ismi oshkor qilinmagan amaldorlarga asoslanib The New York Times ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Exo Moskvi”.
Avvalroq ma’lum qilingan Oq uyning qator nomaxfiy tizimlari buzilishining oqibatida taxmin qilinganidan jiddiyroq bo‘lib chiqqan. Xakerlar Oq uy va Davlat departamentining maxfiy tizimlariga kira olmagan, biroq Obama bilan doimo yozishib turgan prezident ma’muriyati vakillarining elektron pochtalari arxivini qo‘lga kiritgan.
Aynan ushbu akkauntlarga kirish evaziga AQSh prezidenti Barak Obamaning yozishmalari ham xakerlarga oshkor bo‘lgan. Prezident ma’muriyati vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ular hech qanday maxfiy ma’lumotlarni qo‘lga kirita olmagan.
Izoh (0)