Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaning Vologda viloyatidagi 12-axloq tuzatish koloniyasi xavfsizlik va tezkor bo‘limi xodimlari mobil aloqa vositalarini irg‘itib otish orqali yetkazib berayotgan fuqaroni qo‘lga oldi. Bu haqda Vologda viloyati bo‘yicha Jazolarni ijro etish federal xizmati boshqarmasi rasmiy sayti xabar berdi. Irg‘itib otish “Kobra” sport kamoni orqali otiladigan nayzalar yordamida amalga oshirilgan.

Foto: 35.fsin.su

Foto: 35.fsin.su

O‘qlarning orqa uchlariga polimer materialdan qilingan taralar mahkamlangan bo‘lib, ularga mobil aloqa qurilmalari joylangan. Ulardagi 9 ta telefon musodara qilingan.

Fuqaroga nisbatan ma’muriy qonunbuzarlik to‘g‘risida protokol tuzildi, ma’muriy tergov materiallari hukm chiqarish uchun murosa sudiga yuborildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?