Peruning Xuauyan qishlog‘ida yashovchi 86 yoshli kishining qo‘llarini xotini kishanlab qo‘ygani uchun o‘z kulbasidan ikki yil davomida tashqariga chiqa olmadi, deb xabar bermoqda “Vesti.ru”.
Politsiya tomonidan ozod qilingan erkakning so‘zlariga ko‘ra, xotini uning qochib ketishi mumkinligidan qo‘rqqan. Bu vaqt davomida Pablo Tamarizo ismli erkak juda ozib ketgan.
Unga nimadir bo‘lgani haqida politsiyaga qo‘shnilari ma’lumot bergan. Qo‘shnilaridan biriga ko‘ra, ular ayol eriga vaqti-vaqti bilan kishan taqib turishini bilgan, biroq shuncha paytdan buyon doimo kishanda ushlab turganini xayoliga ham keltirmagan. Ayol hozir qayerdaligi va unga qanday jazo berilishi ma’lum qilinmagan.
Izoh (0)