Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasining guruh bosqich 5-turidan o‘rin olgan “Naft” hamda “Paxtakor” klublari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga yetdi. Unda 1:1 hisobi qayd etildi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
Rizoiyning 25-daqiqada urgan goliga Kozak 35-daqiqada javob qaytardi.
Mazkur hisob biroz qaltis bo‘lsa-da, “Paxtakor” uchun hali guruhdan chiqish imkoniyati saqlanib turibdi. So‘nggi turda “sherlar” g‘alaba qozonishlari shart bo‘ladi.
OChL, 5-tur
“Naft” – “Paxtakor”: 1:1
Gollar: Rizoiy, 25 – Kozak, 35
“Naft”: Beyranvand, Kuroshi, Hajmuhammadi, Lotfi, Aliyari, Izzati (s), Kamyabinia, Bozar, Mobali, Rizoi, Motahhari
“Paxtakor”: Lobanov, Merzlyakov, Krimets (s), Oraxovats, Hoshimov, Ismatullayev, Sohibov, Andreyev, Karimov, Kozak, Sergeyev.
Izoh (0)