Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Hindistonlik ziyoratchilarni olib ketayotgan avtobus Nepaldagi daraga qulashi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, 27 kishi tan jarohati oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: RIA Novosti

Foto: RIA Novosti

Hindistonning Gujarat shtatidan kelgan 45 ziyoratchini olib ketayotgan avtobus 100 metr balandlikdagi tog‘ yo‘lidan daraga qulagan. Ziyoratchilar Katmandudagi Pashupatitantx ibodatxonasidagi ziyoratdan so‘ng Hindistonga qaytayotgan edi.

Hodisa joyida qutqaruv ishlari olib borilmoqda, unda mahalliy aholi va xavfsizlik xizmati xodimlari ishtirok etmoqda. Jarohatlangan yo‘lovchilar Katmandudagi kasalxonaga yetkazilgan, ulardan olti nafarining ahvoli juda og‘ir ekanligi aytilmoqda.

Avtobus daraga tiqilib qolgan, taxminlarga ko‘ra, aksariyat yo‘lovchilar avtobus ostida, chiqolmay turgan bo‘lishi mumkin.

Pashupatinatx ibodatxona majmuasi Bagmati daryosi qirg‘oqlarida joylashgan bo‘lib, hinduiylarning Shiva xudosi manifestatsiyalaridan biri – jonivorlar homiysi Pashupatinatxga bag‘ishlangan. Ibodatxona V asrda qurilgan bo‘lib, har yili unga minglab sayyohlar va, asosan, Hindistondan keladigan ziyoratchilar tashrif buyurishadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi