“Golos. Deti” loyihasining ikkinchi mavsumida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik 14 yoshli Sabina Musayeva 20-aprel kuni Rossiya Birinchi kanalining “Vecherniy Urgant” ko‘rsatuvida mehmon bo‘ldi.

Foto: Facebook / “Vecherniy Urgant”

Foto: Facebook / “Vecherniy Urgant”

Boshlovchi Ivan Urgantning savollariga ham hazilomuz tarzda, ham samimiy javob qaytargan Sabina ko‘pchilik muxlislarning e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

“Tanlovdan chetlatishgach, Toshkentga qaytib ketdim. Maktabga bordim, meni bunchalik qo‘llab-quvvatlashlarini kutmagandim. Hamma ajoyib qatnashganimni aytdi. Do‘stlarim ko‘paydi. Bir kuni oqshomda oyim chaqirib, menga finalga chiqish uchun qo‘shimcha saralashda qatnashish imkoni berilgani haqidagi xatni o‘qib berdi. Uzoq vaqt bunga ishonmagandim. Keyin Moskvaga keldik hamda Maksim Fadeyev va jamoamiz bilan uchrashdik.

Qo‘shiqchi bo‘lishga taniqli saksofonchi bo‘lgan bobom yordam bergan. Ilk marta ikki yoshimda arg‘imchoq uchayotib kuylaganman va ovozimni eshitib hayron qolishgan. 11 yoshimdan musiqa maktabiga borganman. Dastlab Merilin Monro qo‘shig‘ini aytgandim, keyin repertuarni o‘zgartirdim. Superyulduz bo‘lishni rejalashtiryapman. Qo‘limdagi bilaguzukni omad keltiradi deb buvim bergan”, − dedi Sabina.