Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkiyaning Turkish Airlines aviakompaniyasi bosh direktori Temel Kotil o‘z aviakompaniyasi uchuvchilariga halokatlarga olib keluvchi depressiyadan qochish uchun turmush qurishni taklif qildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

“Uchuvchilarning hayot tarzi qanday bo‘lishi juda muhim. Fransiyadagi samolyot halokati uchuvchi sevgan qizi bilan ajrashganidan so‘ng sodir bo‘lgan. Shu sababli biz yosh uchuvchilarning uylanishini qo‘llab-quvvatlaymiz”, — dedi Kotil Istanbuldagi uchuvchilar maktabida so‘zlagan nutqida.

Eslatib o‘tamiz, 24-mart kuni Barselonadan Dyusseldorfga parvoz qilayotgan Airbus A320 samolyoti Fransiya janubida, Alp tog‘lari ustida halokatga uchrashi oqibatida layner bortida bo‘lgan 150 kishining barchasi halok bo‘lgan edi.

Avvalroq Germanwings aviakompaniyasi samolyoti halokatida aybdor deb hisoblanayotgan uchuvchi Andreas Lyubits jami bir yarim yil psixiatr ko‘magida davolangani ma’lum bo‘lgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Chegara masalasining yakuniy hal etilishi Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi” —  Sadir Japarov 
Dunyo
“Bizga hayvonlardan yomonroq munosabatda bo‘lishadi” — Afg‘onistonlik qiz “Tolibon”ning cheklovlari haqida (video)