Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kiyevning Shevchenkovskiy tumanida niqob kiygan ikki noma’lum shaxs jurnalist Oles Buzinani o‘z uyi yaqinida otib ketdi, deya xabar bermoqda “RBK” Ukraina ichki ishlar vazirligiga tayanib.

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”

Ukraina IIV rahbari maslahatchisi xalq deputati Anton Gerashchenko o‘zining Facebook’dagi sahifasida yozishicha, Buzina ko‘k rangdagi Ford Focus avtomobilidan o‘qqa tutilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, mashina raqamlari Latviya yoki Belorussiyaniki bo‘lgan, va “aniq Ukrainaniki bo‘lmagan”.

Oles Buzina — taniqli jurnalist, yozuvchi va teleboshlovchi. 2015-yil yanvarida u “Segodnya” gazetasiga bosh muharrir etib tayinlangan, biroq mart oyi boshida senzura borligini pesh qilib, ushbu lavozimni tark etgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Malika Diananing ko‘ylagi Sotheby’s auksionida rekord narxga sotildi
Moliya
O‘zbekistondagi eng faol banklar reytingi yangilandi. Nimalar o‘zgardi?
Dunyo
Pokistonda masjiddagi portlash qurbonlari soni qariyb 60 kishiga yetdi (foto)