Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 14-aprel kuni Keksalarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida farmon imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan e’lon qilindi.

Foto: mehnat.uz

Foto: mehnat.uz

Hujjat “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturiga muvofiq hamda 100 yoshga to‘lgan va undan oshgan shaxslarga munosib e’tibor qaratish, shuningdek, pensionerlar, 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini manzilli ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish maqsadida qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2015-yilning 1-mayidan 100 yoshga to‘lgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga har oyda eng kam ish haqining 100 foizi miqdorida ustama to‘lanadi. Ushbu ustama O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Bundan tashqari, 2015-yilning 1-mayidan uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha eng kam ish haqining tabaqalashtirilgan miqdorida har oyda kompensatsiya pul to‘lovlari beriladigan shaxslar imtiyozli toifalarining yangi ro‘yxati tasdiqlanadi.
Shuningdek, 2015-yil davomida 75 yoshga to‘lgan va undan oshgan fuqarolardan tayinlangan pensiya va nafaqalarning hisoblanishi, shuningdek, qonunchilikda ko‘zda tutilgan imtiyozlarning qo‘llanilishi to‘g‘riligini tekshirish natijalariga ko‘ra aniqlangan ortiqcha to‘langan pensiya va nafaqalar miqdori hisobdan chiqariladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha uch nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi qamoqqa olindi 
Dunyo
G7 davlatlari Xitoy, Shimoliy Koreya va Eronga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda — Bloomberg
Mahalliy
Oʻzbekistonning yanvar oyidagi budjet daromadi ochiqlandi