Xitoy Taypeyi poytaxti Taybe shahrida taekvondo WTF bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar hamda parataekvondo bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda. Qit’aning yetakchi sportchilari qatori O‘zbekistonning o‘smir va yoshlari ham Osiyo birinchiligi medallari uchun bahs olib boryapti, deb xabar beradi Olamsport.com.
O‘smirlar o‘rtasidagi bahslarda O‘zbekiston vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etyapti. Jumladan, 68 kilogramm vazn toifasida dayanga chiqqan Nigora Tursunqulova finalga qadar yetib borib, kumush medal bilan taqdirlandi.
63 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Pan Vlada, 73 kg vazndagi Shahboz Shofayziyev hamda 78 kilogramm vaznda O‘zbekiston sport sharafini himoya qilgan Sayidolim Nu’monov bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Ayni paytda O‘zbekiston terma jamoasi hisobida 1 ta kumush, 4 ta bronza medali bor.
Izoh (0)