Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Vashingtonda AQShning Blackwater xususiy qo‘riqlash kompaniyasining to‘rt nafari xodimiga 2007-yilda Iroqda tinch aholining o‘n to‘rt vakilini o‘ldirganligi uchun hukm e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.

Foto: AP

Foto: AP

Ataylab odam o‘ldirganlikda aybdor deb topilgan Nikolas Slatten umrbod, ataylab qilinmagan qotillik va noqonuniy qurol saqlashda aybdor deb topilgan Pol Slau, Evan Liberti va Dastin Xerd har biri 30 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Qayd etilishicha, 2007-yil 16-sentabr kuni AQSh Davlat departamenti vakillari o‘tirgan avtomobillar kolonnasi yo‘lining oldini ochish vaqtida ular Bag‘doddagi eng gavjum maydonlardan birini o‘qqa tutgan. Rasman 14 kishi halok bo‘lgani va 17 kishi jarohat olgani aytilgan, biroq qurbonlar soni ko‘proq bo‘lishi mumkin.

AQSh ma’muriyati ushbu voqeadan keyin Blackwater tashkiloti bilan shartnomasini bekor qilib, uning litsenziyasini olib qo‘ygan. Kompaniya shundan keyin bir necha marta nomini o‘zgartirgan. Hozirda Academi deb nomlanadigan tashkilot xodimlari soni 20 mingdan ortiq.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi