KXDR yetakchisi Kim Chen Inning rafiqasi, Shimoliy Koreyada taniqli qo‘shiqchi bo‘lgan Li Sol Chu 2015-yilda ilk marta keng jamoatchilik oldida paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Vesti.ru”.
Kim Chen In va Li Sol Chuning futbol stadioni tribunasida turgani aks etgan fotosurat mamlakatning markaziy gazetasi − “Nodon sinmun”ning bosh sahifasida chop etilgan.Bungacha Li Sol Chu so‘nggi marta 2014-yil 17-dekabr kuni Kim Chen Irni xotirlash marosimida omma oldida ko‘rinish bergan. Ko‘rinmay qolgani tufayli G‘arb matbuoti bir necha marta Kim Chen In undan voz kechgani haqida taxmin bildirgan.
Izoh (0)