Pochta aloqasi sohasini rivojlantirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida ko‘rsatilayotgan xizmatlarni kengaytirish, aholiga sifatli xizmatlarni ko‘rsatish maqsadida “O‘zbekiston pochtasi” AJ balansidagi bino va inshootlarni arxitektura va shaharsozlik talablari asosida qayta qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, deb xabar beradi “O‘zbekiston pochtasi” rasmiy sayti.
Jumladan, Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida Marg‘ilon pochta aloqasi tarmog‘ining yangi binosi zamonaviy me’morchilik asosida qayta qurilib foydalanishga topshirildi.
Izoh (0)