Xorazm viloyati Urganch tumani IIB navbatchilik qismiga G‘oybu qishlog‘ida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, noma’lum shaxs uning hovlisiga yashirin ravishda kirib, bir bosh qo‘yini o‘g‘irlab ketganini ma’lum qilgan. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qildi.
Ichki ishlar xodimlari tomonidan mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jabrlanuvchi hamda voqeaga guvoh bo‘lgan kishilari bilan tezkor surishtiruv ishlari olib borilib, gumonlanuvchi shaxsning alohida belgilari aniqlandi. Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni viloyatning Yangibozor tumanida yashovchi 24 yoshli shaxs sodir etganligi aniqlandi.
G‘araz niyatli shaxs qo‘lga olindi. Hozirda uning boshqa mulkiy jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)