Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining xotiralarini yodda saqlash, allomaning ilmiy faoliyati va ibratli hayot yo‘lini xalqimizga va kelajak avlodlarga tanitish maqsadida “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari zamondoshlari xotirasida” deb nomlangan ilmiy-ma’rifiy loyiha amalga oshirilmoqda, deb xabar berdi “Info.islom.uz”.

Foto: info.islom.uz

Foto: info.islom.uz

Loyiha doirasida shayx hazratlarining ommaviy axborot vositalarida chop etilgan suhbatlari, suratli, ovozli va tasvirli mediamateriallarni to‘plab, saralab, ular asosida fotojamlanmalar, audiokitoblar, videofilmlar tayyorlash, shayx hazratlarining muzeyini tashkil etish, xotiralar kitobini chop etish kabi xayrli tadbirlar o‘tkazish ko‘zda tutildi.

Shu munosabat bilan kimning oilaviy arxivida shayx hazratlarining suratli, ovozli va tasvirli esdaliklari saqlanayotgan bo‘lsa, “Islom.uz” tahririyati bir nusxa taqdim qilishni iltimos qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf shu yilning 10-mart kuni hayotdan ko‘z yumgan edilar.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Abdulla Aripov Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni partiya kotibi bilan uchrashdi
Turkmaniston
Turkmaniston Arqadag‘ shahri loyihasini BMT Bosh assambleyasida taqdim etadi
Kripto
Bir haftada Binance kriptobirjasidan 2 mlrd dollardan oshiq mablag‘ chiqib ketdi