Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Joriy yilning 4−5-aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat olib borayotgan katolik, arman va protestant cherkovlarida Pasxa bayrami nishonlandi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rasmiy sayti xabar berdi.

Arxiv. Foto: news.mail.ru

Arxiv. Foto: news.mail.ru
Rim-katolik cherkovlaridagi asosiy ibodat marosimi Toshkent shahridagi Rim-katolik markazida bo‘lib o‘tdi. Ibodat marosimini yepiskop Ye.Matsulevich olib bordi.

Samarqand shahridagi Arman apostollik cherkovida Pasxa bayramiga bag‘ishlangan tadbir cherkov ruhoniysi A.Loretsyan tomonidan olib borildi.Pasxa bayramini O‘zbekistonda protestant yo‘nalishiga oid diniy tashkilotlar ham nishonladilar.

Ayni paytda qayd etib o‘tish lozimki, shu kunlarda yahudiy diniy jamoalarida ham 3-aprel kuni kechqurun boshlangan Peysax bayrami nishonlanmoqda (bayram 8 kun davom etadi).

Shuningdek, 3-aprel kuni Chirchiq shahridagi “Iyegov guvohlari” cherkovida ham mazkur din vakillarining Iso Masihning o‘limiga bag‘ishlangan tadbiri tashkil etildi.

Olingan ma’lumotga ko‘ra, bayramni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha joylarda belgilangan tartibda tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, uni amalga oshirish yuzasidan barcha zarur choralar ko‘rilgan. Jumladan, diniy tashkilotlar va qabristonlar joylashgan hududlar obodonlashtirilib, joylarda yong‘in xavfsizligi va tibbiyot xizmati xodimlarining uzluksiz navbatchiligi tashkil etildi.

Barcha hududlarda bayram ibodatlari tinch-osoyishta, tartibli o‘tkazildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Turkmaniston O‘zbekistonga tekinga gaz yetkazib beradi 
Mahalliy
Toshkentda ko‘prik ustidagi “Gazel” yonib ketdi (video)
Biznes
Rossiyadan Osiyoga ko‘mir eksporti narxi oshgani ma’lum qilindi