Uch qavatli “Shodlik” savdo markazi Namangan shahrining Navoiy ko‘chasida foydalanishga topshirilgani haqida avval xabar qilingan edi. Bloger Yahyo Hojiyev ushbu savdo markazidan reportaj tayyorlab, blogpost yozdi, deb xabar bermoqda “Uz24.uz”.
Binoning birinchi qavatida oziq-ovqat mahsulotlari, ikkinchi qavatida maishiy texnika va kiyim-kechak do‘konlari, uchinchi qavatida esa bolalar uchun o‘yin maydonlari, ovqatlanish joylari o‘rin olgan. Bu yerda, shuningdek, Namanganda ishlab chiqarilgan poyafzallarni ham xarid qilish mumkin.
Xaridlarni naqd, plastik, pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshirilishiga imkoniyatlar yaratilgan. Xabarga ko‘ra, binoning birinchi qavatida go‘zallik saloni ham ochilish arafasida.
Izoh (0)