Uch yil davomida Sirdaryoning Chordara suv omboridan Orol dengizigacha bo‘lgan qismini o‘rgangan olimlar suv tarkibida simob, qo‘rg‘oshin, mis, xrom, nikel, molibden kabi metallar to‘planish darajasi yuqoriligini aniqladi, deb xabar bermoqda “Today.kz”.
“Sirdaryo suvidan qishloq xo‘jaligi uchun ham, baliqchilik uchun ham foydalanish tavsiya qilinmaydi”, − dedi Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti professori Uylesbek Besterekov.
Olimning so‘zlariga ko‘ra, eng katta miqdordagi zaharli moddalar Sirdaryoning O‘zbekiston bilan chegara yaqinidagi suvlarida kuzatilgan. Uning ta’kidalashicha, suvni tozalash juda qiyin bo‘ladi, dastlab aynan qaysi davlatdagi qaysi korxona suvni ifloslayotganini aniqlash zarur.
Tadqiqot Sirdaryo oqib o‘tadigan to‘rt mamlakat − Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston hududida o‘tkazilgan. Mutaxassislarning fikricha, suv tozalanganidan 10 yil o‘tib foydalanish uchun yaroqli bo‘ladi.
Izoh (0)