“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksiyadorlik temir yo‘l kompaniyasi 2015−2019-yillarda o‘z harakatdagi sostavini yangilash uchun 541,2 million dollar miqdorida sarmoya kiritadi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
O‘zbekiston Prezidenti qarori bilan tasdiqlangan dastur to‘rtta yo‘nalishni − yuk va yo‘lovchi vagonlarni qurish va qayta tiklash, shuningdek lokomotivlarni modernizatsiya qilishni o‘z ichiga oladi.
Dasturga muvofiq, “O‘zbekiston temir yo‘llari” to‘rt yil ichida 4350 ta yangi yuk vagoni qurishga va 7280 ta foydalanilayotgan yuk vagonlarni qayta tiklashga 431,3 million dollar, 82 ta yo‘lovchi vagoni qurishga 43,8 million dollar, 164 ta dizelli lokomotiv va elektrovoz modernizatsiyasiga 66 million dollar yo‘naltiradi.
Izoh (0)