Rossiyadagi “Oktogo.ru” mehmonxonalarga onlayn buyurtma berish xizmati tomonidan 2015-yilda rossiyalik sayyohlar orasida ommabop hisoblangan MDH davlatlari va shaharlarini aniqladi, deb xabar bermoqda “Telegraf.uz”.
2015-yilda eng uzoq safarlar uyushtirilgan MDH shaharlari ichida O‘zbekiston poytaxti o‘rin oldi (o‘rtacha besh kun). Servis xabariga ko‘ra, sayyohlar orasida ommaboplik reytingida Belorussiya yetakchilik qilmoqda. Undan keyin Ukraina, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Armaniston, O‘zbekiston, Moldaviya, Qirg‘iziston va Tojikiston keltirilgan.
2015-yilda rossiyalik sayyohlarning safar qilishi bo‘yicha MDHdagi eng ommabop 10 ta shahar ichiga Minsk, Kiyev, Boku, Olmaota, Yerevan, Ostona, Vitebsk, Toshkent, Brest va Lvov kirmoqda. Agar Gruziya MDH tarkibiga kirganida, Tbilisi rossiyaliklar orasida ommaboplik bo‘yicha yettinchi o‘rinni egallagan bo‘lar edi. Mazkur reyting 2015-yil MDH davlatlarida rossiyaliklar tomonidan mehmonxonalarga berilgan buyurtmalar asosida tayyorlangan.
Hayot kechirish uchun rossiyaliklarning xarajatlari bo‘yicha MDHdagi eng qimmat shahar deb Ostona topildi (o‘rtacha sutkasiga 138 dollar), eng hamyonbop shahar sifatida esa – Belorussiyaning madaniy poytaxti Vitebsk e’tirof etildi (o‘rtacha sutkasiga 61 dollar).
Izoh (0)