Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kiyev Vladimir Putinga “Donbassni qo‘shib olish” haqida berilgan taklif bo‘yicha o‘z versiyasini e’lon qildi, deb yozadi “RBK”.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Ukraina tashqi ishlar vazirligi spikeri Yevgeniy Perebiynis “Donbassdan chiqib keting” degani “Donbassni qo‘shib oling” degani emasligini aytdi. Bu haqda u o‘z Twitter’ida yozib qoldirdi.

“Ushbu tadbirning qaysidir ishtirokchilari prezident bilan suhbatlari mazmunini gapirib bergani yaxshi bo‘lmabdi. Gaplari rostmi, yolg‘onmi — o‘zlarining vijdonlariga havola. Meni buni izohlab ham o‘tirmoqchi emasman”, — dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi.

Eslatib o‘tamiz, Forbes vaziyatdan xabardor manbalariga tayanib, 19-mart kuni Rossiya sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi idorasi byurosi bilan yopiq uchrashuvda Vladimir Putin biznesmenlarga Ukraina rahbari Pyotr Poroshenko unga Donbassni Rossiya tarkibiga qo‘shib olishni taklif qilganini, biroq u bundan bosh tortganini gapirib berdi, deya xabar bergan edi.

“U [Poroshenko] menga to‘g‘ridan-to‘g‘ri: ‘Donbassni olavering’, — dedi. Men unga: ‘Aqldan ozganmisiz? Menga Donbass kerak emas. Agar sizga kerak bo‘lmasa, uni mustaqil deb e’lon qiling’, — deb javob berdim”, — deya Putin gapidan iqtibos keltirdi Forbes hamsuhbatiga tayanib.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi