Checheniston Meksikaga qurol yetkazib berish bo‘yicha Rossiya Davlat dumasi va Federatsiya kengashidan ruxsat olmoqchi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
“Checheniston bu ishni qila olmaydi, biroq AQSh Kongressi prezidentiga tashabbus bilan chiqqanidek biz ham Rossiya Davlat dumasi va Federatsiya kengashi orqali tashabbus bilan chiqmoqchimiz. Rossiya Federatsiyasi subyekti sifatidagi bu huquqimizni hech kim olib qo‘ygani yo‘q”, − dedi Checheniston parlamenti spikeri Dukuvaxa Abdurahmonov.
Qayd etilishicha, Rossiya prezdenti Vladimir Putinning mabuot kotibi Dmitriy Peskov Checheniston Meksikaga qurol yetkazib berishi imkonsiz ekanligini ma’lum qilgan.
Izoh (0)