Chernogoriya terma jamoasi bosh murabbiyi Branko Brnovich Yevropa chempionati saralashi doirasida Rossiyaga qarshi kechgan uchrashuv mojaro tufayli qoldirilgani uchun kechirim so‘radi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
“Biz o‘zimizni juda yomon tutdik. Bu sharmandalik uchun Rossiya terma jamoasidan kechirim so‘ramoqchiman.
Ayniqsa, Akinfeyev tezda tuzalib ketib, safga qaytishini tilayman. Endi Chernogoriya terma jamoasi Yevropa chempionatiga chiqa olmasligi mumkin. Bu butun mamlakat uchun qattiq zarbadir”, dedi murabbiy.
Izoh (0)