Plyaj futboli bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Qatar poytaxti Doha shahrida davom etayotgan Osiyo chempionatining guruh bosqichini 1-o‘rinda yakunlab, chorak finalga yo‘llanma olgan edi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Afsuski, Ahad Yusupov shogirdlari “D” guruhida 2-o‘rinni egallagan Livan terma jamoasiga kutilmaganda yirik 1:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘yishdi.
Bu bilan terma jamoamizning Portugaliyada o‘tkaziladigan jahon chempionatiga bora olmasligi ham oydinlashdi. Kecha guruhning so‘nggi o‘yinida Iroq terma jamoasidan 6:1 hisobida ustun kelgan edik. Bugun xuddi shu hisobda yutqazdik.
Izoh (0)