Toshkent shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida ayollar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha XI O‘zbekiston chempionati yakunlandi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
Musobaqada O‘zbekistonning eng kuchli oltita xotin-qizlar jamoasi o‘zaro bahslashdi. O‘n karra mamlakat chempioni Qarshining “Sevinch” jamoasi barcha raqiblari ustidan g‘alaba qozonib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Andijonning “Andijanka” jamoasi kumush, Qashqadaryo viloyatining “Lochin” klubi qizlari esa musobaqaning bronza medali bilan taqdirlandi.
Izoh (0)