Ayni damda Bangladesh poytaxti Dakka shahrida U-23 OCh saralashiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Bangladesh chempionatida ishtirok etuvchi “Abaxani” klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
Bangladesh Premyer-Ligasida ishtirok etuvchi klubga qarshi uchrashuvda hisob ochilmadi − 0:0. Takidlash lozim, uchrashuvda terma jamoa bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov har ikki bo‘limda ikki xil tarkibni sinab ko‘rdi va tarkibdagi barcha 23 nafar futbolchini maydonga tushirdi.
Eslatib o‘tamiz, Bangladesh poytaxti Dakka shahrida o‘tkaziladigan U-23 yoshlar o‘rtasidagi OCh saralash bahslari 27-mart kuni start oladi. Mazkur saralash o‘yinlarida O‘zbekiston U-23 terma jamoasi mezbon - Bangladesh yoshlar terma jamoasidan tashqari Hindiston hamda Suriya yoshlar terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Baxtiyor Ashurmatov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi saralashning 1-tur uchrashuvini 27-mart kuni Hindistonga qarshi o‘tkazadi.
O‘rtoqlik uchrashuvi. Dakka, Bangladesh.
“Abaxani” (Dakka) - O‘zbekiston U-23 0:0
O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi: Akmal Tursunboyev, Boburbek Yo‘ldoshev, Sardor Rahmonov, Hasan Asqarov, Akrom Komilov, Sardor Sobirxo‘jayev, Vladimir Kozak, Jamshid Iskanderov, Jaloliddin Masharipov, Alisher Shog‘ulomov, Igor Sergeyev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Abdumavlon Abdujalilov, Abror Karimov, Javlon Mirabdullayev, Muxsinjon Ubaydullayev, Xurshid Muxtorov, Abdulloh Olimov, Abbos Maxstaliyev, Diyor Turopov, Javohir Rasulov, Nikita Pavlenko, Temur Ayupov, Jasur Hakimov.
Izoh (0)