Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi 24-mart kuni Fransiya janubida Germanwings aviakompaniyasiga qarashli Airbus A320 samolyoti halokatida uch nafar qozog‘istonlik halok bo‘lganini tasdiqladi, deb xabar bermoqda “NewTimes.kz”.
Halok bo‘lgan Qozog‘iston fuqarolari 49 yoshli ayol hamda 50 va 26 yoshli erkaklar bo‘lgan. Germaniya rasmiylarining ma’lumotiga ko‘ra, o‘sha samolyotda uchgan yana bir ayol Qozog‘iston fuqarosi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Barselonadan Dyusseldorfga yo‘l olgan Airbus A320 samolyoti Fransiya janubida, Alp tog‘lari ustida halokatga uchrashi oqibatida layner bortidagi 150 kishining hammasi halok bo‘lgan edi.
Izoh (0)