AQShning Kolorado shtatidagi Denver shahrida iPhone’dan foydalanishni taqiqlagani uchun o‘z onasini o‘ldirmoqchi bo‘lgan 12 yoshli qiz qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, qiz onasini zaharlash maqsadida uning ichimligiga ikki marta rang ketkizuvchi kislota qo‘shib qo‘ygan. Dastlab, mart oyi boshlarida qiz uni kokteylga qo‘shib bergan, ayol bir qultum ichishi bilan o‘zini yomon his qilgan va shifoxonaga yotqizilgan. Biroq o‘shanda u qizi kokteyl quyishdan oldin idishni yuvishni unutgan, deb o‘ylagan.
Bir necha kundan keyin qiz ota-onasining yotoqxonasidagi grafinga solingan suvga rang ketkizuvchi kislota qo‘shib qo‘ygan. Ayol bu safar kimyoviy moddani darhol payqagan va qizidan tushuntirish berishni so‘ragan. Uning maqsadini bilgach, politsiya chaqirgan. Qiz hozirda voyaga yetmagan jinoyatchilar uchun mo‘ljallangan muassasada saqlanmoqda.
Izoh (0)