O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakolatxonasi Afg‘oniston, Ozarbayjon, Hindiston, Eron, Iroq, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkiya va Turkmaniston diplomatik missiyalari bilan birgalikda BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida Navro‘z bayramini nishonladi, deya xabar bermoqda “Jahon” axborot agentligi.
Tadbirda BMT rasmiy shaxslari, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar, shuningdek AQSh jamoatchilik va ilmiy doiralari vakillari qatnashdi.
Yig‘ilganlar qarshisida marosimni tashkil qilgan davlatlar vakillari so‘zga chiqdi. O‘zbekiston doimiy vakolatxonasi mamlakatda bahor, tabiatning uyg‘onishi va yangilanishi ramzi bo‘lgan Navro‘zga beriladigan ahamiyat haqida aytib o‘tdi.
Izoh (0)