Yaman poytaxti Sanadagi masjidda juma namozi chog‘ida portlashlar ro‘y berdi, natijada kamida 30 kishi halok bo‘ldi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Guvohlar so‘zlariga ko‘ra, masjidda ketma-ket uch marta portlash sodir etilgan.
Sputnik agentligi o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, masjidga xudkushlar belbog‘ini bog‘lagan jangarilar kirib ketgan, so‘ng portlashlar yuz bergan. O‘nlab kishilar halok bo‘lgani va yaralangani aytilmoqda.
Izoh (0)