2015-yilning 20-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov O‘zbekistonda diplomatik missiyasini yakunlayotgan Iordaniya Xoshimiylar Podshohligining Favqulodda va muxtor elchisi Muhammad Nur Balkarni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy saytida xabar berildi.
Suhbat davomida Iordaniya elchisining ijobiy faoliyati va ikki tomonlama aloqalar rivojiga qo‘shgan shaxsiy xissasi qayd etildi.
Muhammad Nur Balkar O‘zbekistonda samarali ishlashiga qulay shart-sharoitlar yaratilgani uchun o‘z tomonidan minnatdorchilik izhor etdi.
Izoh (0)